17-modda. Buyurtmachi
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-731-son) · Sana: 26.11.2021 · Amalda
Buyurtmachi nashr va (yoki) noshirlik mahsuloti uchun buyurtmani taqdim etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
Buyurtmachi nashriyotga yoki tayyorlovchiga nashrlarni tahririy-noshirlik jihatdan ishlov berish, noshirlik mahsulotini tayyorlash va chiqarish boʻyicha xizmatlarni bajarish uchun quyidagi materiallarni taqdim etishi mumkin:
belletristika, ijtimoiy-siyosiy, reklama, axborot, oʻquv, ilmiy va texnik xususiyatga ega asarlarni;
chiqishlar, leksiyalar, nutqlar, maʼruzalarni;
matnli va matnsiz musiqali asarlarni;
dramatik, musiqali-dramatik asarlarni;
amaliy sanʼat asarlarini;
fotosuratlar, rasmlar, xaritalar, tarhlar, eskizlarni;
tarjimalar, annotatsiyalar, sharhlar, qisqacha sharhlar, asarlarning asl nusxasi mazmuniga zarar yetkazmaydigan boshqa ishlanmalarni, erkin asarlar yaratilishiga asos boʻladigan folklor ishlanmalarni;
almanaxlar, antologiyalar, ensiklopediyalar, maʼlumotnomalarni va boshqa toʻplamlarni;
boshqa asarlarni.
Buyurtmachi noshirlik mahsulotining tili, hajmi, adadi, shuningdek uni realizatsiya qilish va tarqatish tartibini belgilash huquqiga ega.
Buyurtmalarni bajarish shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari qonunchilikka muvofiq muallif (hammuallif) yoki buyurtma obyektining egasi boʻlgan shaxs, buyurtmachi, nashriyot, noshirlik mahsulotini tayyorlovchi va tarqatuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Buyurtmachi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
