18-modda. Tarqatuvchi
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-731-son) · Sana: 26.11.2021 · Amalda
Tarqatuvchi noshirlik mahsulotini tarqatishni, jumladan sotishni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
Tarqatuvchi:
mustaqil ravishda oʻz rejalarini shakllantirishga, oʻz faoliyati miqyoslarini belgilashga, noshirlik mahsulotini mavzular yoʻnalishi boʻyicha tanlashga;
yuridik va jismoniy shaxslardan noshirlik mahsulotini tarqatish uchun buyurtmalar qabul qilishga;
noshirlik mahsulotini olib kirish yoki olib chiqish maqsadida chet el nashriyotlari, noshirlik mahsulotini tayyorlovchilar yoki tarqatuvchilar bilan munosabatlar oʻrnatishga haqli.
Tarqatuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Tarqatuvchi:
ushbu Qonunda belgilangan noshirlik faoliyati talablariga rioya etishi;
noshirlik mahsuloti materiallarini taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
oʻz faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirishi shart.
Tarqatuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
