“231-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining qamoqda saqlash joylariga borishi
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-729-son) · Sana: 18.11.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaning sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish uchun oʻz vakolatlari doirasida qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish va zarur hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega.
Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlariga ularning oʻz vazifalarini bajarishi va tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda, № 10, 674-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi”;
yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 123-modda bilan toʻldirilsin:
