“123-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-729-son) · Sana: 18.11.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
mamlakatdagi korrupsiya holati tizimli tahlil qilinishini taʼminlaydi, shuningdek korrupsiyaga oid xavf-xatarlar eng yuqori boʻlgan sohalarni, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
davlat xaridlari va budjet mablagʻlaridan, xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotni tarqatish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantiradi;
vazirliklar va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
