“252-modda. Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-729-son) · Sana: 18.11.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy maʼruza (bundan buyon matnda Milliy maʼruza deb yuritiladi) tayyorlaydi, Milliy maʼruza Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Senat qoʻmitalari Milliy maʼruzani dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinadi.
Milliy maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Milliy maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senatning qarori Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuboriladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-iyulda qabul qilingan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-158-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 349-modda) 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-298-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan toʻldirilsin:
