43-modda. Taʼlimning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Taʼlim muassasalariga, shuningdek mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlar, korxonalar va birlashmalarning taʼlimni rivojlantirishga ajratilayotgan mablagʻlariga soliq solish tartibi qonunlar bilan boshqarib, tartibga solib boriladi.
Darsliklar chop etadigan, oʻquv qoʻllanmalari chiqaradigan, taʼlim, muassasalarining ehtiyojlari uchun moddiy resurslar yetkazib beradigan korxonalar va tashkilotlarga qonunlarga muvofiq soliq imtiyozlari beriladi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar jamoat birlashmalari va xususiy shaxslar taʼlim muassasalarini pul bilan taʼminlash uchun tekinga yoki bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar-uchun haq toʻlash tartibida oʻtkazayotgan mablagʻlarida soliq solinmaydi, bu mablagʻlar mahalliy taʼlim fondlari va taʼlim muassasalari fondlarida jamlanishi mumkin.
Taʼlimga ajratiladigan budjet mablagʻlari va taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlarini tortib olib qoʻyish mumkin emas.
Yil oxirida yuzaga keladigan pul mablagʻlariing qoldigʻi, ular tushgan manbalardan qatʼi nazar, olib qoʻyilmaydi va taʼlim muassasalari xohishiga qarab sarflanadi.
