44-modda. Xalqaro hamkorlik
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Taʼlim muassasalari va taʼlim tizimidagi korxonalar qonunlarda belgilangan tartibda taʼlimga doir muammolar yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, ajnabiy mamlakatlarning oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan bevosita aloqalar oʻrnatish, ular bilan birgalikdagi oʻquv yurtlari ochish huquqiga egalar.
Taʼlim tizimining muassasalari va tashkilotlari qonunlarda nazarda tutilgan doirada tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etadilar, valyuta schyotlariga ega boʻlishga haqlidirlar.
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Qonunda aytilganidan boʻlak qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
636-XII-son
