34-modda. Davlat tasarrufidagi taʼlim muassasalari xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Davlat tasarrufidagi taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari:
mehnatga haq toʻlashning narx-navo indeksining oʻzgarishlariga muvofiq holda muntazam ravishda tuzatishlar kiritib boriladigan kafolatlangan darajasiga ega boʻlish;
muallimlik faoliyatining malaka va natijalariga qarab, tabaqalashtirilgan ish haqi olish, shunga muvofiq ravishda qisqartirilgan ish vaqtga ega boʻlish, uzaytirilgan haqi toʻlanadigan taʼtil olish;
qishloq joylarda shahar tipidagi posyolkalarda isitilayotgan va yoritiladigan uy-joylarda bepul foydalanish;
yakka tartibda, uy-joy qurish uchun oʻzlariga yer uchastkalari birinchi navbatda ajratib berilishi va binokorlik materiallarini birinchi navbatda sotib olish;
oʻzlari yashayotgan davlat va idoralar tasarrufudagi uylar hamda kvartiralarni bepul shaxsiy mulkka aylantirib olish, uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashda imtiyozlardan foydalanish;
pensiyaga chiqqanlaridan keyin pedagogik faoliyatini davom ettirgan taqdirda pensiyani toʻliq miqdorda olish huquqlariga ega.
Taʼlim muassasalari mehnatga haq toʻlash uchun ajratilgan mavjud mablagʻlar doirasida stavkalarga, mansab okladlariga mustaqil ravishda tabaqalashtirilgan qoʻshimcha haqlar belgilash va mehnatga haq toʻlash hamda uni standartlantirishni tashkil etishning turli shakllarini qoʻllashga haqlidirlar.
Qishloqlarda joylashgan davlat tasarrufidagi taʼlim muassasalarida yashovchi pedagoglarga nisbatan qishloq xoʻjalik mutaxassislari uchun belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Davlat tasarrufidagi taʼlim muassasalarning oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish ustaxonalari (sexlari), va oʻquv xoʻjaliklari xodimlariga nisbatan davlat tasarrufidagi tegishli korxonalarning va boshqa korxonalarning xuddi shu soha xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar va afzalliklar tatbiq etiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari, korxonalar, tashkilotlar, kooperativlar va boshqa muassasalar davlat tasarrufidagi taʼlim muassasalarining xodimlariga qoʻshimcha ijtimoiy imtiyozlar berishga haqlidirlar.
Pedagog xodimlarni pensiya bilan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasida Pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun bilan belgilanadi.
