33-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Pedagog xodimlar:
kasb-korning yuksak darajasida taʼlim berishlari, taʼlim oluvchilar oʻquv dasturlarini majburiy hisoblangan davlat talablari darajasida oʻzlashtirishlarini taʼminlashlari;
pedagoglarning axloq-odob qoidalariga rioya etishlari, bola, oʻquvchi va talaba shaxsining qadr-qimmatini hurmatlashlari, ularni mehnat, qonunlarga, ota-onalar va xotin-qizlarga, maʼnaviy, tarixiy, madaniy-milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashlari;
oʻzlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminson axloq qoidalariga haqiqat, adolat, vatanparvarlik, insonparvarlik, yaxshilik va boshqa xayrli xislatlarga nisbatan hurmatni qaror toptirishlari;
oʻsib-ulgʻayib kelayotgan avlodni bir-birini tushunish, xalqlar oʻrtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar oʻrtasida tinchlik ahil-inoqlik ruhida tarbiyalashlari;
bolalar va yoshlarni zoʻravonlik koʻrinishlaridan himoya qilishlari;
oʻzlarining kasb koʻnikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.
Pedagog xodimlarning boshqa majburiyatlari taʼlim muassasalarini ustavlarida belgilab qoʻyiladi.
