32-modda. Pedagog xodimlarning huquqlari
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Pedagog xodimlar:
oʻzlarining kasb-kor shaʼni va qadr-qimmatlarini himoya qilish;
taʼlim muassasasini boshqarishda ishtirok etish;
kasb faoliyati uchun shart-sharoitlar bilan taʼminlanish, malakalarini oshirish, qayta tayyorgarlikdan oʻtish, talim shakli, uslubi va vositalarini tanlashda tashabbus koʻrsatish;
yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oʻz kasb-kor vazifalarini bajarishdan chalgʻitish taqiqlanadi, qonunlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
