31-m odda. Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Yuksak axloqiy fazilatlarga, tegishli maʼlumot va kasb-kor tayyorgarligiga ega shaxslarga davlat tasarrufidagi taʼlim muassasalarida pedagog va tarbiyachi sifatida ishlash uchun ruxsat etiladi.
Pedagok xodimlar bitim asosida Hukumat tasdiqlagan Nizomga muvofiq ishga qabul qilinadilar.
Malakasi pastligi yoki salomatligi kasbiga oid vazifalarini bajarishiga monelik qilayotganligi tufayli oʻz lavozimiga nomunosibligi aniqlangan taqdirda, shuningdek u muallimlik faoliyatini davom ettirish uchun yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan axloqsizlik sodir etgan taqdirda, qonunlarda belgilangan tartibda pedagoglik ishidan chetlashtiriladilar.
Pedagogik faoliyati bilan shugʻullanishga toʻsqinlik qiluvchi, tibbiy koʻrsatkichlarning roʻyxati va kasb jihatdan nomunosiblikka doir masalalarni hal etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi.
