15-modda. Kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ijtimoiy rivojlanish, fan-texnika taraqqiyoti talablariga, ishlab chiqarishdagi, mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga muvofiq ravishda, shuningdek odamlarning shaxsiy talab-extiyojlarini hisobga olib, kasbiy bilim hamda koʻnikmalarini oʻzlashtirish va boyitish, shuningdek yangi ixtisos oʻrgatish maqsadida amalga oshiriladi.
Kadrlarning malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash davlat mablagʻlari xisobidan, shuningdek korxonalar, muassasalar tashkilotlar, ayrim shaxslar bilan shartnomalar asosida davlat tasarrufidagi va boshqa xil oʻquv yurtlari bazasida amalga oshiriladi. Taʼlimning shakllari, muddatlari va mazmuni buyurtmachi bilan kelishilgan holda oʻquv yurtlari tomonidan belgilanadi.
