16-modda. Oiladagi taʼlim
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Ota-onalar va oilaning boshqa aʼzolari shaxsning jismoniy, maʼnaviy holati va aql-zakovat jihatidan rivojlanishiga asos solishlari lozim.
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolaning maʼlumotni oilada olishi uchun imkoniyat yaratib berishga haqlidirlar. Bunday hollarda oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan taʼlim muassasasi, taʼlimni boshqaruvchi tegishli idora oʻrtasida shartnoma tuzilib, unda bola, oila va jamiyatning manfaatlari hisobga olingan holda tomonlarning huquqiy, iqtisodiy va boshqa majburiyatlari belgilab qoʻyiladi.
Bolalarga uy sharoitlarida taʼlim berish oʻquv yurtlarining dasturlari boʻyicha amalga oshirilib, keyinchalik eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Oilada taʼlim olayotgan shaxslar tegishli attestatsiyadan oʻtgach, taʼlimni istalgan bosqichidan boshlab oʻqishni taʼlim muassasasida davom ettirishga haqlidirlar.
Davlat oiladagi taʼlimga yordam koʻrsatadi. Tegishli davlat muassasalari tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda metodik, diagnostik, maslahat yordami beriladi. Qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda oilaga kompensatsiya toʻlanishi mumkin.
