14-modda. Ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash uzluksiz taʼlim tizimida oliy bosqich hisoblanib, shaxs va jamiyat ehtiyojlarini, shuningdek jamiyatning bunday kadrlarga boʻlgan talab-ehtiyojini qondirishni taʼminlaydi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash, ilmiy darajalar, unvonlar berish tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
Oliy taʼlim tizimidagi ilmiy faoliyat shartnomalar, kontraktlar, davlat buyurtmalari, dasturlari, loyihalari boʻyicha, shuningdek oʻz ilmiy manfaatlariga muvofiq ilmiy jamoalar, ayrim muassasalar tomonidan amalga oshiriladi. Shu maqsadda ilmiy, ilmiy-ishlab chiqarish boʻlinmalari, birlashmalari, uyushmalari, talaba yoshlarning ilmiy-texnika ijodiyoti markazlari boshqa tuzilmalar tuziladi.
