13-modda. Oliy taʼlim
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oliy taʼlim oʻzi tanlagan faoliyat sohasida chuqur umumilmiy va maxsus bilimni zarur kasbkor koʻnikmasi bilan uygʻunlashtiradigan yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadini koʻzlaydi.
Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash umumiy oʻrta, oʻrta hunar texnika, oʻrta maxsus taʼlim asosida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun saralash va oʻqishga qabul qilish qonunlar bilan tartibga solinadi.
Oliy oʻquv yurtlaridagi taʼlim ikki bosqichli asosda, Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati tasdiqlagan Nizomga muvofiq izchil tarzda bakalavr va magistr darajasi berish orqali amalga oshiriladi.
Sirtqi yoki mustaqil taʼlim tarzida oʻrganishga yoʻl qoʻyilmaydigan kasb va ixtisoslar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. Fuqarolar shartnoma (pullik) asosida ikkinchi oliy maʼlumot olishga xaqlidirlar.
Oliy oʻquv yurtlarining faoliyati oʻz ustavlari bilan tartibga solinadi. Oliy oʻquv yurtlari qonunlarda belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazib turiladi.
