12–modda. Oʻrta maxsus taʼlim
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻrta maxsus taʼlim oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayerlash maqsadini qoʻllaydi.
Oʻrta maxsus taʼlim texnikumlarda, bilim yurtlarida, kollejlarda va boshqa oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida, shu jumladan oʻzga xildagi oʻquv yurtlari (hunar-texnika bilim yurtlari yoki oliy oʻquv yurtlari) bilan qoʻshilgan oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida tayanch, oʻrta va hunar-texnika taʼlimi negizida amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi oʻrta maxsus bilim oʻrgatiladigan taʼlim muassalarida dastlabki kasbni oʻrganayotgan, shuningdek ish bilan taʼminlash xizmatining yoʻllanmasi bilan qayta tayyorgarlikdan oʻtayotgan fuqarolarning taʼlim olishi bepuldir.
