11-modda. Hunar-texnika taʼlimi
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Hunar-texnika taʼlimi mehnat va kasbkor mahorati hamda koʻnikmalari olishni, ishchi kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni maqsad qilib qoʻyadi.
Hunar taʼlimi hunar bilim yurtlarida, oʻquv-ishlab chiqarish, oʻquv kombinatlarida, markazlarida, boshqa oʻquv yurtlarida yoki bevosita ishlab chiqarishda olib boriladi.
Hunar-texnika taʼlimi tayanch taʼlimi asosida bir vaqtning oʻzida umumiy oʻrta taʼlim berish yoki faqatgina kasb oʻrgatib qoʻya qolish yoxud taʼlim asosida faqatgina kasb oʻrgatish orqali amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi hunar-texnika bilimlari oʻrgatiladigan taʼlim muassasalarida dastlabki kasbni oʻrganayotgan, shuningdek ish bilan taʼminlash davlat xizmatining yoʻllanmasi bilan qayta tayyorgarlikdan oʻtayotgan fuqarolarning taʼlim olishi bepuldir.
