10-modda. Maktabdan tashqari taʼlim
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Bolalar va oʻsmirlarning shaxsiy talab-ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish, ularning boʻsh vaqtini va dam olishini tashkil etish maqsadida davlat idoralari, mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar, jamoat birlashmalari va fuqarolar madaniy-axloqiy, tabiiy-ilmiy, texnika, sport va boshqa yoʻnalishdagi maktabdan tashqari muassasalar barpo etishlari mumkin.
Turli xildagi maktabdan tashqari muassasalar faoliyatiga davlat tomonidan koʻmak beriladi, bu faoliyat taʼlim idoralari tomonidan muvofiqlashtiriladi, ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlari bilan tartibga solinadi.
