9-modda. Umumiy taʼlim
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Umumiy taʼlim uzluksiz davlat taʼlimi tizimida asosiy boʻgʻin boʻlib, taʼlim oluvchilar ilmiy bilim, mehnat va boshlangʻich kasbkor koʻnikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek oʻz ijodiy qobiliyatlarini, maʼnaviy fazilatlarini rivojlantarishlarini taʼminlaydi.
Umumiy taʼlim uch bosqich: boshlangʻich (1—IVsinflar), tayanch (V—IX sinflar) va oʻrta (X—XI (XII) sinflar) bosqichidan iborat boʻlib, boshlangʻich, tayanch va oʻrta maktablarda, boshqa oʻrta oʻquv yurtlarida (gimnaziyalar, litseylar va boshqalarda) amalga oshiriladi.
Tayanch taʼlimi majburiy boʻlib, talim oluvchilarga oʻrta taʼlim muassalarida, turli xil hunar va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olishni davom etirish huquqini beradi.
Har bir bosqichda taʼlim oluvchining yoshi va taʼlimning davomiylik muddati tegishli taʼlim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
III bosqich taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Oʻrta umumiy taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan taʼlim amalga oshirilishi, oʻquvchilar tanlovi boʻyicha kurslar joriy etilishi va fanlar chuqur oʻrgatilishi mumkin. Bunday kurslariing dasturlari umumtaʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
