“28-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-712-son) · Sana: 27.08.2021 · Amalda
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan monitoringni va doimiy nazoratni amalga oshiradi hamda ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi”;
7) quyidagi mazmundagi 291-modda bilan toʻldirilsin:
