212-modda. Hisob palatasining budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-712-son) · Sana: 27.08.2021 · Amalda
Hisob palatasi budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, davlat moliyaviy nazorat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotning joylashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotni joylashtirish muddatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
3) 22-modda:
nomidagi va birinchi xatboshisidagi “tushumlarining toʻliqligini” degan soʻzlar “tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazadi va nazorat qiladi”;
4) 24-moddaning:
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻninchi xatboshilari tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 26-modda quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladigan omillarni tahlil qiladi, ularni bartaraf etish mexanizmlarini joriy etishga doir takliflarni tayyorlaydi va kiritadi”;
6) 28-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
