“291-modda. Hisob palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish sohasidagi funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-712-son) · Sana: 27.08.2021 · Amalda
Hisob palatasi davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ishtiroki ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish sohasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazadi va nazorat qiladi hamda ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini oʻz vaqtida joriy etishga va uning samarali faoliyat koʻrsatishiga monelik qilayotgan omillarni aniqlaydi, shuningdek ularni tizimli ravishda tahlil qiladi”;
8) 30-moddaning oʻn yettinchi xatboshisidagi “shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilmaganligi uchun, shu jumladan ularning ijrosi jarayoni toʻgʻrisidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, rasmiyatchilikka hamda masalalarni hal etish muddatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi” degan soʻzlar “toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijro etilishi jarayoni toʻgʻrisidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimining joriy etilishiga hamda samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 33-moddaning ikkinchi qismidagi “shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining ijrosi toʻgʻrisidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun” degan soʻzlar “ijrosi toʻgʻrisidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun, shuningdek keyingi nazorat jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimining joriy etilishiga va samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi aniqlangan taqdirda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
