58-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda qimmatbaho boʻlmagan metallardan foydalanish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son) · Sana: 23.08.2021 · Amalda
Asillik darajasi aniqlanishi, tahlil qilinishi hamda davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda qimmatbaho boʻlmagan metallardan tayyorlangan qismlar boʻlmasligi kerak, bundan quyidagilar mustasno:
texnik sabablarga koʻra qimmatbaho metallardan tayyorlanishi mumkin boʻlmagan soatlar, chaqmoq yoqqichlar va boshqa shunga oʻxshash buyumlar mexanizmlari;
qimmatbaho metallardan tayyorlanilishi mumkin boʻlmagan pichoq tigʻlari, tiqin ochqichlarning buramali qismlari va boshqa shunga oʻxshash buyumlarning qismlari;
mahkamlanadigan mexanizmlardagi prujinalar, oshiq-moshiqlarning oʻqlari, shuningdek taqinchoqlarning toʻgʻnogʻichlari, boʻyinbogʻlarning, nishonlarning, farqlash belgilarining, davlat mukofotlarining qisqichlari.
Qimmatbaho boʻlmagan metallardan yasalgan, boʻlaklarga boʻlinadigan hamda ajralishi oson boʻlgan qismlar bilan qimmatbaho metallardan tayyorlangan qismlarning birikmasidan iborat boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalash zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho boʻlmagan metallardan yasalgan qismlarga tushiriladigan maxsus iz (“met”, “nerj”, “steel” va boshqalar) yoki qimmatbaho boʻlmagan metall mavjudligini koʻrsatuvchi belgi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollar mustasno. Qimmatbaho boʻlmagan metallardan yasalgan qismlarda qimmatbaho boʻlmagan metall mavjudligini koʻrsatuvchi maxsus iz boʻlmagan taqdirda, buyumlar davlat asillik darajasi tamgʻasi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalanmaydi.
