25-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan foydalanish hamda ularni realizatsiya qilish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son) · Sana: 23.08.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatbaho metallar quymalari standart va oʻlchovli quymalar shaklida, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlari talablariga muvofiq majburiy ravishda markirovkasi qoʻyilgan holda tayyorlanadi.
Muomalaga chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari, oʻlchovli quymalar, sertifikatlashtirilgan qimmatbaho toshlar jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan erkin sotib olinishi va foydalanilishi mumkin.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini, oʻlchovli quymalarni va sertifikatlashtirilgan qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho toshlarni rekuperatsiya qilish va ularga ishlov berish (ularni qirralash) bilan mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin.
Qimmatbaho metallarni muomalada boʻlishi maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar banklar tomonidan qimmatbaho metallarni hisobga oʻtkazish, saqlash, hisobdan chiqarish uchun ularning turi, asillik darajasi va ogʻirligi koʻrsatilgan holda ochiladigan qimmatbaho metallarni masʼul saqlash hisobvaraqlaridan hamda qimmatbaho metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʻlmagan) hisobvaraqlaridan foydalanishi mumkin.
