24-modda. Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son) · Sana: 23.08.2021 · Amalda
Qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish, ularga ishlov berish (ularni qayta ishlash) va (yoki) ulardan foydalanish natijasida qaysi yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda parchalar hamda chiqindilar hosil boʻlsa, qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari oʻsha yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning mulkida yoki operativ boshqaruvida boʻladi.
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari oʻzida hosil boʻladigan yuridik shaxslar, shu jumladan harbiy qismlar va harbiy tuzilmalar ularni toʻplashni hamda hisobga olishni amalga oshirishi shart.
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari:
oʻz mulkida yoki operativ boshqaruvida qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻzining ishlab chiqarishida ulardan qayta foydalanish uchun mustaqil ravishda qayta ishlanishi (ularga ishlov berilishi);
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilarini toʻplash (tayyorlash) va qayta ishlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga qayta ishlash (ishlov berish) uchun topshirilishi mumkin.
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari affinaj korxonalariga topshirilishi yoki realizatsiya qilinishi mumkin.
Qimmatbaho toshlar chiqindilari belgilangan tartibda keyinchalik ishlab chiqarish va rekuperatsiya qilish uchun realizatsiya qilinishi mumkin.
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlovchi korxonalarga topshirish uchun tayyorlash jarayonida ushbu parchalar va chiqindilar qimmatbaho metallarni qoplab turgan materiallarni (sopol, plastmassa va boshqa shu kabilarni) olib tashlash uchun dastlabki ishlovdan oʻtkazilishi kerak.
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilarini qayta ishlash (ularga ishlov berish) ushbu Qonunga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini sotib olishni (olishni) amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
