“160-modda. Uylarni qurish qoidalarini buzish
Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-708-son) · Sana: 16.08.2021 · Amalda
Uylarni, xoʻjalik va roʻzgʻor binolarini qurish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
10) 163-modda:
dispozitsiyasi “Vodoprovod tarmoqlariga” degan soʻzlardan keyin “(suv taʼminoti tarmoqlariga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sanksiyasidagi “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv taʼminoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga (suv taʼminoti tarmoqlariga) ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
11) 1631-modda:
dispozitsiyasi “kanalizatsiya tarmoqlariga” degan soʻzlardan keyin “(oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarni ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan kanalizatsiya tarmoqlariga (oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga) ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
