“2661-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari
Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-708-son) · Sana: 16.08.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlariga ushbu Kodeksning 60-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 601-moddasida, 68-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, suv fondi yerlari mustasno), 681-moddasida va 69-moddasida (bundan qishloq xoʻjaligi yerlarining chegara belgilariga oid qismi mustasno) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari”;
17) quyidagi mazmundagi 2662-modda bilan toʻldirilsin:
