69-modda. Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish
Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-708-son) · Sana: 16.08.2021 · Amalda
Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va oʻrmonlardagi cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 99-moddaning oʻninchi va oʻn birinchi qismlari chiqarib tashlansin;
8) 101-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar hamda inshootlarni elektr energiyasi, issiqlik va gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
9) 160-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
