34-modda. Rasmiy statistikaning sifatini baholash
Rasmiy statistika toʻgʻrisida (O‘RQ-707-son) · Sana: 11.08.2021 · Amalda
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bilan rasmiy statistikaning sifati masalalari yuzasidan muntazam ravishda maslahatlashuvlar oʻtkazadi.
Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bilan maslahatlashuvlar quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
foydalanuvchilar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish;
statistika dasturlarining va statistika kuzatuvlari shakllarining jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish.
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar statistika maʼlumotlarining mazmuni va sifatini yanada yaxshilash uchun respondentlardan ushbu maʼlumotlarning mazmuni va sifati haqidagi fikrlarini soʻrab oladi.
Ichki va tashqi ekspertlar milliy statistika tizimining institutsional muhiti, jarayonlari va natijalarini baholashni amalga oshirishi mumkin.
