18-modda. Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar
Rasmiy statistika toʻgʻrisida (O‘RQ-707-son) · Sana: 11.08.2021 · Amalda
Jismoniy va yuridik shaxslar (shu jumladan ularning alohida boʻlinmalari, filiallari va vakolatxonalari) rasmiy statistikadan foydalanuvchilar boʻlishi mumkin.
Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
rasmiy statistikani tayyorlovchilarning rasmiy veb-saytlarida va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan statistika maʼlumotlaridan erkin foydalanish;
rasmiy veb-saytlarda va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmagan ochiq statistika maʼlumotlarini olish maqsadida rasmiy statistikani tayyorlovchilarga soʻrov bilan yoki ularni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklif bilan murojaat qilish.
Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar oʻz mahsulotlarida (ishlarida va xizmatlarida) oʻzi foydalangan statistika maʼlumotlarining manbalarini koʻrsatishi shart.
Individual maʼlumotlardan va maxfiy maʼlumotlardan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish ushbu Qonunning 30 va 31-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
