19-modda. Statistika dasturlari
Rasmiy statistika toʻgʻrisida (O‘RQ-707-son) · Sana: 11.08.2021 · Amalda
Vakolatli davlat organi rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari, rasmiy statistikadan foydalanuvchilar, respondentlar va maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikda statistika dasturlarining tayyorlanishini taʼminlaydi.
Statistika dasturlari koʻrib chiqish uchun Statistika kengashiga kiritiladi.
Vakolatli davlat organi milliy statistika tizimiga kiruvchi rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda statistika dasturlarining bajarilishini taʼminlaydi.
Statistika dasturlari koʻp yillik va bir yillik boʻlishi mumkin.
