81-modda. Transport tizimini rejalashtirish
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Transport infratuzilmasini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va qayta rejalashtirish ishlari faqat transport xizmatlariga boʻlgan talabni (joriy va prognoz koʻrsatkichlarni) kompleks oʻrganishlar natijalari asosida shakllantirilgan uzoq muddatli bosh rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Transport infratuzilmasini rejalashtirish hamda loyihalashtirishda ekologiya va atrof-muhitga nisbatan salbiy taʼsir minimal boʻlishi kerak.
Transport infratuzilmasini rejalashtirish quyidagi ketma-ketlikdagi ustuvorliklarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
piyodalar uchun;
velosiped va individual harakatlanish vositalari uchun;
jamoat transporti va maxsus transport uchun;
boshqa transport vositalari uchun.
Transport oqimiga taʼsir koʻrsatuvchi obyektlarning qurilishini rejalashtirish bosqichida transport tarmogʻiga tushadigan yuklamalarni hisobga olgan holda yechimlar ishlab chiqilishi kerak.
