8-modda. Transport sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Transport sohasini davlat tomonidan tartibga solish litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini qoʻllash, texnik jihatdan tartibga solish, ilmiy-texnik siyosatni amalga oshirish, soliq solish, tarif siyosatini, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega tashishlar uchun tarif siyosatini olib borish, transport toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlash, kadrlar siyosatini olib borish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tartibga solish usullarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari transport tashkilotlarining xoʻjalik faoliyatiga aralashishga hamda ushbu tashkilotlarning ishlayotgan xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas, bundan tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan, favqulodda holat joriy etilgan hollar mustasno.
