25-modda. Alohida tranzit yoʻlovchilarga, bagajga, yuk bagajiga, yuklarga, pochta va kuryerlik joʻnatmalariga nisbatan taqiqlar hamda cheklovlar
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hayoti va sogʻligʻining xavfsizligini, atrof-muhit muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida alohida tranzit yoʻlovchilarga, bagajga, yuk bagajiga, yuklarga, pochta va kuryerlik joʻnatmalariga, shu jumladan harbiy mahsulotlarga nisbatan taqiqlar yoki cheklovlar, shuningdek veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalari, karantin cheklovlari va fitosanitariya talablari, atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligini taʼminlashga doir talablar hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunida va xalqaro shartnomalarida belgilangan boshqa talablar hamda shartlar qoʻllanilishi mumkin.
