23-modda. Aralash tashishlar chogʻidagi hamkorlikka oid shartnoma
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Aralash tashishlar chogʻidagi hamkorlikka oid shartnoma aralash tashishlar operatori va ushbu tashishlarda ishtirok etuvchi har xil turdagi transport tashuvchilari oʻrtasida tuziladi hamda quyidagilarni:
aralash tashishlar operatorining hamda tashuvchining huquq va majburiyatlarini;
aralash tashishlar operatorining va tashuvchining javobgarligini;
har bir tashuvchining xizmatlari qiymatini va ularning haqini toʻlash tartibini;
tashuvchilarning hamkorlik qilish va transport vositasining bir turidan boshqasiga yoʻlovchini oʻtkazish yoki bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qayta ortish tartibini;
yagona tashish hujjatini (chiptani, bagaj kvitansiyasini, yagona tovar-transport yuk xatini) toʻldirish tartibini;
tashish muddatlari va shartlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Aralash tashishlar chogʻidagi hamkorlik shartnomasida qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
