22-modda. Aralash tashishlar mijozining huquq va majburiyatlari
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Mijoz:
harakatlanish yoʻnalishi, transport tarkibi va turlari haqida axborot olish;
aralash tashishlar operatoridan aralash tashishlar shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini talab qilish;
yozma hujjatlar bilan asoslangan dalillar taqdim etilgan taqdirda aralash tashish chogʻida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Mijoz qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Mijoz:
aralash tashishlar operatoriga aralash tashishlar shartnomasida kelishilgan barcha tegishli toʻlovlarni toʻlashi;
aralash tashishlar operatoriga bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini aralash tashishlar shartnomasida koʻrsatilgan muddatga binoan taqdim etishi shart.
Mijozning zimmasida qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
