19-modda. Aralash tashishlar tizimi
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Avtomobil, temir yoʻl, havo va suv transporti transport logistikasi talablariga rioya etgan hamda transport infratuzilmasidan foydalangan holda ularning muvofiqlashtirilgan hamkorligi orqali aralash tashishlar tizimini tashkil etadi.
Mijoz, aralash tashishlar operatori va tashuvchilar aralash tashishlar ishtirokchilaridir.
Aralash tashishni tashkil etishda transport logistikasi tashish jarayonining yagona operatori va yagona tashish hujjati mavjud boʻlishini, toʻgʻridan-toʻgʻri transport tarifi hamda aralash tashish barcha ishtirokchilari hamkorligining izchil-markazlashgan sxemasi qoʻllanilishini, shuningdek tashish jarayoni uchun yagona javobgarlikni taʼminlashi kerak.
