16-modda. Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish, transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashiganlik, transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, miqdori taraflarning kelishuvi asosida belgilanadigan haq undiriladi.
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish, transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish shartlari hamda taraflarning tashishlar va transport-ekspeditorlik operatsiyalari boʻyicha javobgarligi normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek tashish va transport ekspeditsiyasi shartnomalarida belgilanadi.
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari hamda vazniga doir parametrlari transport vositalarining texnik xususiyatlari va infratuzilma imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikda belgilanadi.
