15-modda. Transport tariflari
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish, shuningdek tashish bilan bogʻliq xizmatlar erkin va tartibga solinadigan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yoki transport sohasida tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan transport xizmatlarining ayrim turlariga nisbatan tariflarning cheklangan miqdorlari belgilanadi.
Davlat tomonidan tariflarning cheklangan miqdorini belgilash hamda yoʻlovchilarga va fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berish natijasida transport tashkilotlari koʻrgan zararlarning oʻrni qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Aralash tashish chogʻidagi toʻgʻridan-toʻgʻri transport tarifi aralash tashish shartnomalari tuzilgan sanalardagi har bir transport turida tashishga doir xizmatlar uchun toʻlovlar summasidan, har bir transport turida amal qilayotgan tariflar boʻyicha shakllantiriladi.
