35-modda Ishtirok etuvchi davlatlarning maʼruzalari
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Har bir ishtirok etuvchi davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi orqali Qoʻmitaga ushbu Konvensiya boʻyicha oʻz majburiyatlarini amalga oshirish uchun koʻrilgan choralar hamda ushbu masalada erishilgan taraqqiyot toʻgʻrisida tegishli ishtirok etuvchi davlat uchun ushbu Konvensiya kuchga kirganidan soʻng ikki yil mobaynida keng qamrovli maʼruzani taqdim etadi.
2. Ishtirok etuvchi davlatlar shundan soʻng navbatdagi maʼruzalarni toʻrt yilda kamida bir marta, shuningdek Qoʻmita bu haqda ulardan soʻraganda taqdim etadi.
3. Qoʻmita maʼruzalar mazmunini ifodalovchi dasturamal prinsiplarini belgilaydi.
4. Qoʻmitaga dastavvalgi keng qamrovli maʼruzani taqdim etgan ishtirok etuvchi davlatlarga navbatdagi maʼruzalarida avval taqdim etgan axborotni takrorlashlarining zarurati yoʻq. Ishtirok etuvchi davlatlarga Qoʻmitaga maʼruzani ochiq va oshkor jarayonga aylantirish hamda ushbu Konvensiyaning 4-moddasi 3-bandida belgilab qoʻyilgan qoidalarni zarur darajada hisobga olish toʻgʻrisida oʻylab koʻrish taklif etiladi.
5. Maʼruzalarda ushbu Konvensiya boʻyicha majburiyatlarni bajarish darajasiga taʼsir koʻrsatadigan omillar va qiyinchiliklar koʻrsatilishi mumkin.
