36-modda Maʼruzalarni koʻrib chiqish
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Har bir maʼruza u boʻyicha oʻrinli deb hisoblaydigan takliflar va umumiy tavsiyalarni koʻrsatadigan Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqiladi hamda bu takliflar va umumiy tavsiyalar tegishli ishtirok etuvchi davlatga yuboriladi. Ishtirok etuvchi davlat Qoʻmitaga javob tariqasida oʻz tanlovi boʻyicha xohlagan axborotini yuborishi mumkin. Qoʻmita ishtirok etuvchi davlatlardan ushbu Konvensiyani amalga oshirishga taalluqli boʻlgan qoʻshimcha axborot taqdim etilishini soʻrashi mumkin.
2. Ishtirok etuvchi davlat maʼruzani taqdim etishni jiddiy ravishda kechiktirayotgan boʻlsa, Qoʻmita tegishli ishtirok etuvchi davlatga bildirgi yuborib, unda ushbu bildirgidan soʻng uch oy mobaynida tegishli maʼruza taqdim etilmasa, mazkur ishtirok etuvchi davlatda ushbu Konvensiyani amalga oshirish toʻgʻrisidagi masala Qoʻmita ixtiyorida boʻlgan ishonarli axborot asosida koʻrib chiqishni talab etishini bildirishi mumkin. Qoʻmita tegishli ishtirok etuvchi davlatga ana shunday koʻrib chiqishda ishtirok etishni taklif etadi. Agar ishtirok etuvchi davlat javob tariqasida tegishli maʼruzani taqdim etsa, ushbu modda 1-bandida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi maʼruzalarni barcha ishtirok etuvchi davlatlar ixtiyoriga taqdim etadi.
4. Ishtirok etuvchi davlatlar oʻz maʼruzalari mamlakatlarida jamoatchilik ular bilan keng tanishish imkoniyatiga ega boʻlishini taʼminlaydi hamda ushbu maʼruzalarga taalluqli qoidalar va umumiy tavsiyalar bilan tanishishni yengillashtiradi.
5. Qoʻmita maqbul deb topgan holatlarda, u ishtirok etuvchi davlatlarning maʼruzalarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasalari, fondlari va dasturlariga, shuningdek boshqa vakolatli organlarga ular ushbu maʼruzalarda texnikaviy maslahatga yoki yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimoslariga yoxud bunday yordam koʻrsatish zarur degan koʻrsatmaga eʼtibor qaratishlari uchun Qoʻmitaning ushbu iltimoslar yoki koʻrsatmalar boʻyicha takliflari va tavsiyalari (agar ular mavjud boʻlsa) bilan birga yuboradi.
