31-modda Statistika va maʼlumotlarni toʻplash
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Konvensiya ijrosini taʼminlash maqsadida strategiyalar ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradigan zarur axborotlarni, shu jumladan statistika va tadqiqot maʼlumotlarini toʻplash majburiyatini oladi. Ushbu axborotni toʻplash va saqlash jarayonida quyidagilarga amal etiladi:
a) nogironlar shaxsiy hayoti maxfiyligi va daxlsizligini taʼminlash uchun belgilab qoʻyilgan huquqiy kafolatlarga, shu jumladan maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish;
b) statistika maʼlumotlarini toʻplash va ulardan foydalanishda inson huquqlari va asosiy erkinliklarni himoya qilishga taalluqli xalqaro eʼtirof etilgan normalarga, shuningdek axloq prinsiplariga rioya etish;
2. Ushbu moddaga muvofiq toʻplangan axborot tegishli tarzda roʻyxatga olinadi hamda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Konvensiya boʻyicha oʻz majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini baholash, shuningdek nogironlar oʻz huquqlarini amalga oshirishda duch kelayotgan toʻsiqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun foydalaniladi.
3. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu statistika maʼlumotlarini tarqatish masʼuliyatini oʻz zimmasiga oladi va nogironlar hamda boshqa shaxslar ulardan foydalana olishlarini taʼminlaydi.
