30-modda Madaniy hayotda, boʻsh vaqtni oʻtkazish, dam olish va sport bilan shugʻullanishda ishtirok etish
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda madaniy hayotda ishtirok etish huquqini eʼtirof etadi va nogironlarga quyidagilarni taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi:
a) madaniyat asarlaridan foydalanish imkoniyati boʻlgan shakllarda foydalanishlarga imkoniyat yaratish;
b) televideniye dasturlari, filmlar, teatr va boshqa madaniy tadbirlardan foydalanish imkoniyati boʻlgan shakllarda foydalanish imkoniyatini yaratish;
c) teatrlar, muzeylar, kinoteatrlar, kutubxonalar va turizm xizmatlari kabi madaniy tadbirlar oʻtkaziladigan va xizmatlar koʻrsatiladigan joylardan foydalanish imkoniyatlariga ega boʻlishlari, shuningdek milliy madaniy ahamiyatga ega yodgorlik va obyektlardan eng koʻp imkoniyat darajasida foydalanish imkoniyatlariga ega boʻlishlari.
2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar ijodiy, badiiy va intellektual salohiyatlarini faqat oʻzlari uchungina emas, balki butun jamiyatni boyitish uchun rivojlantirish va bu salohiyatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlariga barcha zarur choralarni koʻradi.
3. Ishtirok etuvchi davlatlar xalqaro huquqqa muvofiq intellektual mulkka egalik huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunlar nogironlarning madaniyat asarlaridan foydalanishlari uchun asossiz yoki kamsituvchi toʻsiq boʻlib qolmasligini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi.
4. Nogironlar boshqalar bilan teng ravishda ularning alohida madaniy va tili oʻziga xosligi, shu jumladan ishora tillari va karlar madaniyati eʼtirof etilishi va qoʻllab-quvvatlanishi huquqiga ega.
5. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar boshqalar bilan teng ravishda boʻsh vaqtlarini oʻtkazish, dam olish va sport tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun quyidagi zarur choralarni koʻradi:
a) nogironlarning barcha darajadagi umumiy yoʻnalishdagi sport tadbirlarida iloji boricha toʻliq ishtirok etishlarini ragʻbatlantirish va targʻib etish;
b) nogironlarning nogironlar uchun maxsus sport va boʻsh vaqtni oʻtkazish tadbirlarini tashkil etish, bu tadbirlarni rivojlantirish va ularda ishtirok etish imkoniyatlarini taʼminlash hamda shu munosabat bilan ularga boshqalar bilan teng ravishda zarur darajada taʼlim berilishi, oʻrgatilishi va resurslar taqdim etilishiga koʻmaklashish;
c) nogironlar sport, rekreatsiya va turizm obyektlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlarini taʼminlash;
