3-modda Umumiy prinsiplar
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
Ushbu Konvensiyaning prinsiplari quyidagilardan iborat:
a) insonga xos boʻlgan qadr-qimmatni, uning shaxsiy mustaqilligi, shu jumladan mustaqil tanlovi erkinligini hamda mustaqilligini hurmat qilish;
b) kamsitmaslik;
c) jamiyatga toʻla va samarali jalb etish va qoʻshish;
d) nogironlarning oʻziga xos xususiyatlarini hurmat qilish va buni insoniy turfa xillikning tarkibi va insoniyatning bir qismi sifatida qabul qilish;
e) imkoniyatlarning tengligi;
f) toʻsiqsiz foydalanish;
g) erkaklar va ayollarning tengligi;
h) nogiron bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatlarini hurmat qilish va nogiron bolalarning oʻz shaxsiy xususiyatlarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish.
