2-modda Tushunchalar
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun:
“muomala” — tillardan, matnlardan, Brayl alifbosi, taktil muomalasi, yirik shrift, foydalanish imkoniyati boʻlgan multimedia vositalari, ayni vaqtda bosma materiallar, audiovositalar, suxandonlarning odatiy tili, shuningdek muomalani kuchaytiruvchi va muqobil usullari, vositalari va shakllari, shu jumladan foydalanish imkoniyati boʻlgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qamrab oladi;
“til” — ogʻzaki va ishora tillarini hamda ogʻzaki boʻlmagan tillarning boshqa shakllarini qamrab oladi;
“nogironlik belgisi boʻyicha kamsitish” — maqsadi yoki natijasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaro yoki har qanday boshqa sohada boshqalar bilan teng holda insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarining eʼtirof etilishi yoki amalga oshirilishini kamsitadigan yoki rad etadigan har qanday tafovut, istisno yoki cheklashni anglatadi. U kamsitishning barcha shakllarini, shu jumladan oqilona moslashtirishdan voz kechishni qamrab oladi;
“oqilona moslashtirish” — nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklarini amalga oshirish maqsadlarida aniq bir holatda zarurat boʻlganda mos kelmaydigan yoki oqlanmaydigan yuk boʻlmaydigan zarur va muvofiq modifikatsiyalar va tuzatishlar kiritishni anglatadi;
“universal dizayn” — barcha odamlar uchun moslashtirish yoki maxsus dizaynni talab etmaydigan holda eng yuqori imkoniyat darajasida yaroqli qilishga daʼvat etilgan buyumlar, sharoit, dastur va xizmatlar dizaynini anglatadi. “Universal dizayn” zarurat boʻlganda aniq bir nogironlar uchun assistiv qurilmalarni istisno etmaydi.
