27-modda Mehnat va bandlik
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish huquqini eʼtirof etadi; bu mehnat bozori va ishlab chiqarish muhiti nogironlar uchun ochiq, inklyuziv va ishtirok etish imkoniyati boʻlgan sharoitda nogiron oʻzi tanlagan va erkin rozi boʻlgan mehnat faoliyati orqali turmush kechirishiga pul ishlab topish imkoniyatiga ega boʻlish huquqini qamrab oladi. Ishtirok etuvchi davlatlar mehnat qilish huquqini, shu jumladan mehnat faoliyati davomida nogiron boʻlgan shaxslarning mehnat qilish huquqini, jumladan qonunchilik yoʻli bilan belgilangan tartibda amalga oshirish huquqini taʼminlaydi va ragʻbatlantiradi. Shu jumladan ular quyidagi zarur choralarni koʻradi:
a) bandlikning barcha shakllarida, shu jumladan ishga qabul qilish, yollash va bandlik, ish joyini saqlab qolish, xizmat lavozimida koʻtarilish, xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlariga taalluqli masalalarda nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishni man etish;
b) nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda adolatli va qulay ish sharoitlariga ega boʻlish, shu jumladan teng qimmatga ega boʻlgan mehnat bilan shugʻullanish va buning uchun teng ragʻbatlantirilish, xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlariga ega boʻlish, shu jumladan xurujlardan himoya qilinish va shikoyatlari qondirilishi huquqlarini himoya qilish;
c) nogironlar boshqalar bilan teng ravishda oʻzlarining mehnat va kasaba uyushma huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini taʼminlash;
d) nogironlarga umumiy texnikaviy va kasbiy yoʻnaltirish dasturlari, ishga joylashtirish xizmatlari, kasbiy va uzluksiz taʼlim olishdan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
e) mehnat bozorida nogironlarning ishga joylashish va xizmat lavozimida koʻtarilish, shuningdek ish izlash, ishga ega boʻlish, ish joyini saqlash va mehnat faoliyatini qaytadan boshlash imkoniyatlarini kengaytirish;
f) shaxsiy mehnat faoliyati, tadbirkorlik, shirkatlarni rivojlantirish va oʻz biznesini tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirish;
g) nogironlarni davlat sektoriga ishga yollash;
h) nogironlarni tegishli strategiyalar hamda ijobiy harakatlar, ragʻbatlar va boshqa choralarni qamrab olishi mumkin boʻlgan dasturlar yordamida xususiy sektorda ishga yollashni ragʻbatlantirish;
i) nogironlarning ish joylarini oqilona moslashtirishni taʼminlash;
j) ochiq mehnat bozori sharoitlarida nogironlarning ish tajribalarini oʻzlashtirishlarini ragʻbatlantirish;
