26-modda Abilitatsiya va reabilitatsiya
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Ishtirok etuvchi davlatlar, shu jumladan boshqa nogironlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishida, nogironlar iloji boricha mustaqillikka, toʻla jismoniy, aqliy, ijtimoiy va kasb qobiliyatlariga erishishlari va buni saqlab qolishlari hamda turmushning barcha sohalariga toʻla qoʻshilishlari va jalb etilishlari uchun samarali va zarur choralarni koʻradi. Ishtirok etuvchi davlatlar shu maqsadda kompleks abilitatsiya va reabilitatsiya xizmatlari va dasturlarini, ayniqsa sogʻliqni saqlash, bandlik, taʼlim va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohalarida tashkil etadi, mustahkamlaydi va kengaytiradi. Ular ushbu xizmatlar va dasturlar boʻyicha quyidagi choralarni koʻradi:
a) ularni iloji boricha erta amalga oshirishga kirishilishi va nogironlarning ehtiyojlari va kuchli jihatlarini koʻp tomonlama baholashga asoslangan boʻlishi;
b) mahalliy hamjamiyatga hamda jamiyat hayotining barcha sohalariga jalb etilish va kiritilishiga yordam berishi, ixtiyoriy xususiyatga ega boʻlishi hamda nogironlar uchun iloji boricha bevosita yashash joylariga yaqinda, shu jumladan qishloq joylarida foydalanish imkoniyati boʻlishi.
2. Ishtirok etuvchi davlatlar abilitatsiya va reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatish sohasida ishlaydigan mutaxassis va personalni boshlangʻich va keyingi taʼlim olishini ragʻbatlantiradi.
3. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarga moʻljalangan abilitatsiya va reabilitatsiyaga taalluqli assistiv qurilmalar va texnologiyalar boʻlishini, ulardan foydalanishni ragʻbatlantiradi.
