20-modda Shaxsiy harakatlanish
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar eng yuqori imkoniyat darajasida shaxsiy harakatlanishlarini taʼminlash uchun samarali choralar koʻradi, shu jumladan quyidagilar orqali:
a) nogironlar oʻzi tanlaydigan vositada, tanlagan vaqtda va maqbul narxda shaxsiy harakat qilishlariga yordam berish;
b) nogironlarning harakatlanishini yengillashtiradigan sifatli vositalar, qurilmalar, assistiv texnologiyalar hamda yordamchilar va vositachilarning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, shu jumladan bu narsalarni maqbul narxlarda taqdim qilish orqali yengillashtirish;
c) nogironlarni va ular bilan ish olib boradigan mutaxassis kadrlarni harakatlanish koʻnikmalariga oʻqitish;
d) harakatlanishni yengillashtiradigan vositalar, qurilmalar assistiv texnologiyalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan korxonalarni nogironlarning harakatlanishi barcha jihatlarini hisobga olishga daʼvat etish.
