19-modda Mustaqil turmush tarzi va mahalliy hamjamiyatga jalb qilinish
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
Ushbu Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlar barcha nogironlarning odatdagi yashash joylarida yashashdagi teng huquqlilikni, boshqa odamlar bilan teng ravishda tanlash huquqini eʼtirof etadi hamda nogironlar tomonidan bu huquqlarini toʻla amalga oshirish, ularning mahalliy hamjamiyatga toʻla kiritilish va jalb etilish huquqini eʼtirof etadi, shu jumladan quyidagilarni taʼminlaydi:
a) nogironlar boshqa odamlar bilan teng ravishda oʻz yashash joyini va qayerda kim bilan yashashni tanlash imkoniyatiga ega boʻlishi hamda qandaydir muayyan turar joy sharoitlarida yashashga majbur boʻlmasligi;
b) nogironlar uyida, yashash joyida va mahalliy hamjamiyat asosida boshqa yordamchi xizmatlardan, shu jumladan mahalliy hamjamiyatda hayotini saqlab turish va hamjamiyatga kirish uchun zarur boʻlgan shaxsiy yordamdan foydalanishga ega boʻlishi, shuningdek yakkalab qoʻyishga yoki mahalliy jamiyatdan chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmasligi;
c) jamoa aholisiga umumiy foydalanishga moʻljallangan xizmatlar va obyektlardan nogironlar ham teng darajada foydalanishi hamda bu ularning ehtiyojiga javob berishi.
