18-modda Koʻchib yurish va fuqarolik erkinligi
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda koʻchib yurish erkinligi, yashash joyini tanlash erkinligi va fuqarolik huquqini shu jumladan quyidagilar orqali eʼtirof etadi:
a) fuqarolikni olish va oʻzgartirish huquqiga ega boʻlish va fuqarolikdan asossiz yoki nogironlik sababi bilan mahrum etilmaslik;
b) fuqaroligini tasdiqlaydigan yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarni olish imkoniyatidan nogironligi sababli mahrum boʻlmaslik, bunday hujjatlarga ega boʻlish va ulardan foydalanish yoki tegishli tartibdan, masalan koʻchib yurish erkinligi huquqini amalga oshirishni yengillashtirish uchun zarur boʻlgan immigratsiya tartibidan foydalanish;
c) har qanday mamlakatni, shu jumladan oʻz mamlakatini erkin tark etish huquqiga ega boʻlish;
d) asossiz ravishda yoki nogironlik sababli oʻz mamlakatiga kirish huquqidan mahrum boʻlmaslik.
2. Nogiron bolalar tugʻilgan zahotiyoq roʻyxatga olinadi va tugʻilgan zahotiyoq ismga ega boʻlish va fuqarolikni olish, shuningdek iloji boricha yuqori darajada oʻz ota-onasini bilish huquqi va ulardan gʻamxoʻrlik koʻrish huquqiga ega boʻladi.
